So‘nggi yillarda oliy ta'lim sohasida bulutli texnologiyalar tobora ommalashib
bormoqda. Ushbu texnologiyalar oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarni tejash, foydalanish
imkoniyatini yaxshilash va hamkorlikni kengaytirish kabi bir qator afzalliklarni taqdim etadi.
Bulutli texnologiyalar IT infratuzilmasini yaxshilash va talabalar va professor-o‘qituvchilarga
yanada yaxshi xizmatlar ko‘rsatishga intilayotgan oliy o‘quv yurtlari uchun moslashuvchan va
kengaytiriladigan yechimni taqdim etadi. Ushbu maqolada biz oliy o‘quv yurtlarida bulutli
texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy foydalarini hamda afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.
Maqolada bugungi kunda raqamli texnologiyalar o‘rni va ahamiyati, sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va imkoniyatlariga ko‘ra turlari hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirish haqida fikrlar yuritilgan.
Ushbu maqolada inflyatsion faollashuvni nazorat qilishda “bulutli “ texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobini yurutishning xorijiy uslubyatlari, davlat sektorida bulutli texnologiyalarni joriy qilish, bulutli hisoblashdan foydalanishning afzalliklari, hozirgi bosqichda xorijiy uslubiyatlarda bulutli texnologiyalarning rivojlanishi, davlat sektorida bulutli tizimlarni joriy etishning asosiy muammolari haqida batafsil bayon etilgan
Ushbu maqola chet tilini o‘rgatishning zamonaviy uslub va yondashuvlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va o‘quvchilar natijalariga bag‘ishlangan. Maqolada chet tili darslarida kommunikativ yondashuv, zamonaviy texnologiyalar integratsiyasi, individual uslublar va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasini rivojlantirish tahlil qilinib, natijasi ko'rib chiqildi. Chet(nemis) tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan texnik vositalar orqali o‘quv jarayonini boyitish va talabalarda axborot texnik kompetensiyani, shu bilan birga til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish imkonini berishi tahlillar orqali yoritib berildi. Talabalarni muvaffaqiyatli tayyorlashda zamonaviy usullar ta'lim muhitida dolzarb ekanligi isbotlab berildi.
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kasb hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tadbirlar o‘tkazilishini keng miqyosda tashkil etish kerakligi haqida bayon etilgan.
Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan. Talabalar kreativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida metodik takomillashtirishda taʼlimning innovatsion tashkiliy-didaktik shakllarini qoʻllashning pedagogik shart-sharoitlari va sifat koʻrsatgichlari, axborot-didaktik taʼminoti tavsiflangan. Talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish metodikasi, innovatsion yondashuv asosida yoritilgan.
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida matematikani erta o‘qitishning ijodiy va samarali pedagogik strategiyalari, o‘yinga asoslangan yondashuvning ahamiyati, raqamli texnologiyalar va mental arifmetikani o‘rganish jarayonidagi muammolar, o‘quv dasturlarining didaktik ta’minotida raqamli ta’lim texnologiyalarining muhimligi yoritilgan.
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlarining imkoniyatlaridan ta ’Um jarayonida foydalanish va uning ahamiyati haqida so ‘z yuritilgan.
В статье освещаются проблемы повышения эффективности и расширения возможностей судебно-экспертной деятельности на основе применения современных цифровых технологий. Рассмотрены цифровые технологии, используемые в современной экспертной практике. Отмечается, что внедрение современных технологий в экспертную практику происходит двумя путями: творческим использованием достижений математических, технических и естественных наук и приспособлением существующих цифровых технологий и информационных систем для нужд судебно-экспертной деятельности. Основное внимание в работе уделено перспективным направлениям цифривизации экспертной деятельности, к которым отнесены создание общей специализированной информационно-коммуникационной сети экспертных учреждений, разработка новейших методик судебных экспертиз, необходимых для борьбы с преступными проявлениями в сети Интернет, применение систем искусственного интеллекта, включая робототехнику. Автор отмечает проблемы, связанные с цифровизацией судебной экспертизы: процессуальные ограничения, быстрое развитие цифровых технологий и отставание инструментальных средств анализа данных, необходимость дальнейшего развития экспертных методик и обеспечения информационной безопасности судебно-экспертной деятельности, совершенствования подготовки судебно-экспертных кадров.
Zamonaviy axborot texnologiyasi rivoji shuni ko‘rsatadiki, hech bir shahar aqlli avtoturargohsiz barqaror yoki aqlli shaharga aylana olmaydi. Maxsus avtoturargohlarni yaratish deyarli birinchi avtomobillar paydo bo'lishi bilan bir vaqtda,
boshlandi. Avtomobillar soni tez suratlar bilan o'sib borishi bilan, cheklangan avtoturargoh muammosini hal qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy etildi.
“Industriya 4.0” -bu IoT (Internet of Things) texnologiyasi, sun`iy intellekt (AI), katta ma`lumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar va boshqalar kabi yangi texnologiyalarni keng qo’llash asosida ishlab chiqarishni raqamli o’zgartirish konsepsiyasi. Ushbu konsepsiyaning maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, mahsuldorlikni oshirish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilash va mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilashdan iborat. Ishlab chiqarish sektorida raqamli transformatsiyani amalga oshirish qiyin bo’lishi mumkin, ammo u samaradorlikni oshirish, xatolarni kamaytirish va ishlab chiqarish vaqtlarini qisqartirish kabi muhim foyda keltirishi mumkin, bu esa pirovardida raqobatbardoshlik va daromadning oshishiga olib kelishi mumkin. “Industriya 4.0” ni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun maʼlumotlar yigʻishdan tortib tahlil va boshqarishgacha boʻlgan barcha ishlab chiqarish jarayoni raqamlashtirilgan boʻlishini taʼminlash kerak.
Maqolada boshlang’ich ta’lim integratsiyasida raqamli texnologiyalarning o’rni, raqamlashtirish muammolari ko‘rilgan, boshlang’ich ta’lim integratsiyasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning ijobiy va salbiy tomonlari va boshlang’ich ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.
Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy qilish, yangi bank mahsulotlarini taklif qilishda innovasion faoliyatni tashkil etish hamda moliyaviy texnologiyalarga investisiya kiritib, moliyaviy xizmatlarning innovasion loyihalarini bilan bogʻliq holatlar koʻrib chiqilgan.
Maqolada ilm-fan va ta’limda yangi informatsion va kommunikatsion texnologiyalar vositalari qo‘llanilishining yana bir trendi – masofaviy o‘qitish tizimi yoritib berilgan.
Harakatlar strategiyasida axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirish, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, axborot tahdidlariga qarshi kurashish va “axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish” mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Raqamli O'zbekiston - 2030” dasturini hayotga tatbiq etish zaruriyati dolzarb masalaga aylanmoqda. Darhaqiqat, raqamli texnologiyalar asta-sekin kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Mazkur maqolada “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirishning mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilmani, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, Raqamli texnologiyalar milliy bozori va axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish va malaka oshirishni rivojlantirish masalalari sharhlangan hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasin samarali amalga oshirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ta'limning texnologik yaxshilanishi talabalar hayotini osonlashtirdi. Bugungi kunda talabalar qalam va qog'ozdan foydalanish o'rniga taqdimotlar va loyihalarni yaratish uchun turli xil dasturiy ta'minot va vositalardan foydalanadilar, og'ir kitobdan farqli o'laroq, elektron kitobni olib yurish osonroq, ular o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni gadjetlari orqali bevosita internet tarmog’idan ko’rib chiqishlari yoki bir vaqtni o’zida ikkita va undan ortiq oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishlari imkoniyati yaratilyapti. Ushbu maqola ta'limda raqamli texnologiyalarga bo'lgan ehtiyoj haqida qisqacha ma'lumot beradi va ta'limdagi asosiy dasturlar va muammolarni muhokama qiladi.
Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari hamda pedagogik OTM professor o‘qituvchilari, uchun mo‘ljallangan. Bolalar bog‘chasida matematikani erta o‘qitishning ahamiyatini ta’kidlasa-da, amaliyotchilar hali ham ijodiy va samarali pedagogik strategiyalarni talab qiladi. Differensial ta’sir tendentsiyalari yuqori malakaga ega bo‘lgan bolalar mashg‘ulotlardan ko‘ra ko‘proq o‘yinga asoslangan yondashuvdan ko‘proq foyda ko‘radilar, zaif kompetentsiyalarga ega bo‘lgan bolalar esa, odatda, hech qanday aralashmaslik bilan solishtirganda, o‘quv dasturlari asosida raqamli ta’lim texnologiyalaridan ko‘proq foyda oladi.
Ushbu maqolada banklarni raqamli transformatsiya qilishda biometrik texnologiyalar, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt, raqamli kreditlash, regulatory technology va pul o‘tkazmalarining imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning natijalari bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish tizimlarini moliyaviy texnologiyalar imkoniyatlari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, Sun'iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-harakatiga taqlid qilishga qodir bo'lgan tizim , texnologiya ekanligi, Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlanganligi haqida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada chet tillarini o'rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qancha samarador imkoniyatlari o’rganiladi va tahlil qilinadi. Raqamli texnologiya tushunchasi va uning chet tillarini o'qitishda qo'llanilishining turli zamonaviy usullari solishtiriladi va batafsil ko'rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarning uslubiy, didaktik va tarbiyaviy xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqola mualliflari raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishning xilma-xil algoritmlarini taklif qiladilar, shuningdek, tildan tilga tarjima qilish va til o'rganish uchun mo’ljallangan ba'zi uslubiyatlar va vositalarni taklif qilishadi.
Maqola umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar asosida interfaol usullarni dars mashg’ulotlarida qo’llash masalalariga bag‘ishlangan. Fizika fanining o‘qitish sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo’llashda o‘qituvchining bilim va mahoratiga, eng muhimi o‘quvchining bilim olish motivatsiyasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Maqolada oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari bayon qilingan. Fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va didaktik vositalardan foydalanish, mustaqil ta’limni tashkil etish va innovatsion yondashuvning ahamiyati ochib berilgan.
Zamonaviy dunyoni axborot va raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi, turli
inson faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan texnologiyalar bugungi kunda
qimmatli qog'ozlar bozorida savdo qilishda ham keng foydalaniladi. Zamonaviy
texnologiyalardan foydalanishga olib kelgan muhim faktorlar bo`lib, mehnat yuklamasini
kamaytirish, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, vaqtni qisqartirish o'zgaruvchan
bozor talablariga javob berish hisoblanadi.
Tа’lim tizimini rаqаmlаshtirish odаtiy dаrsliklаrning rаqаmli nusxаsini yarаtish, hujjаtlаr аylаnmаsini rаqаmlаshtirish vа bаrchа mаktаblаrni yuqori tezlikdа Internetgа ulаnishni tа’minlаsh bilаn cheklаnishi mumkin emаs. Bu poydevor hаqidа o‘ylаsh o‘rnigа yangi uy qurilishini devorgа gulqog‘oz yopishtir vа qаndil tаnlаshdаn boshlаsh bilаn bir xildir. Yondаshuvning o‘zi, nimа vа qаndаy o‘qitish o‘zgаrishi kerаk